Tojikiston U-23 bosh murabbiyi: "Bu safar nisbatan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdik"

  • 7 iyun, 2022, 17:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tojikiston U-23 hamda BAA U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda nominal mehmonlar 0:2 hisobida g‘alaba qozondi. Tojikiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Asliddin Xabibulloev uchrashuvdan keyin qisqacha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Saudiya Arabistoniga qarshi yirik mag‘lubiyatdan keyin navbatdagi o‘yinga tayyorgarlik oson kechmadi. Yigitlar ruhiy tushkunlikka tushib qolgandi. 

Ammo bu safar nisbatan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdik. Hatto ikki marta gol urishga juda yaqin keldik. 

Biz ishonamizki, hamon g‘alaba qozonish uchun imkonimiz bor. Tan olaman, raqib penaltidan urgan golidan keyin bizga ancha qiyin bo‘ldi", - dedi mutaxassis. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!