
Tojikiston termasi Dubayda yig‘in o‘tkazadi. Tarkibga Superligamizdagi legionerlar ham kiritilgan
Xorvatiyalik mutaxassis Petr Segrt boshchiligidagi Tojikiston terma jamoasi murabbiylar shtabi 19 may – 3 iyun kunlari Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan yig‘in uchun terma jamoa tarkibini ma’lum qildi.
Ro‘yxatga 26 nafar futbolchi kiritildi. Ularning orasida Superligada to‘p surayotgan tojikistonlik futbolchilar ham bor.
Jumladan, “Bunyodkor” va “Surxon” himoyachilari - Davron Ergashev hamda Zoir Jo‘raboev, shuningdek, AGMK bilan “Bunyodkor”da to‘p surayotgan yarim himoyachilar – Alisher Jalilov va Exsoni Panshanbe ham bosh murabbiyning ro‘yxatidan joy olgan.
Fikrlar