
Timur Kapadze yangilar bilan kurashadi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati 2026 saralashi doirasidagi navbatdagi o‘yinlarini BAA (5 iyun) va Qatar (10 iyun)ga qarshi o‘tkazadi.
BAA termasi yaqinda ruminiyalik 55 yoshli Kosmin Olariuni bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Bugun esa Qatar yangi bosh murabbiyni tanishtirdi. Ispaniya terma jamoasi va "Real"ning sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Qatarni boshqarishi e’lon qilindi.
Shu tariqa, Timur Kapadze ikki yangi bosh murabbiylarga qarshi to‘qnash keladi. Agar "oq bo‘rilar" BAA bilan safarda eng kamida durangga imzo cheksa, Jahon chempionatiga yo‘llanmani naqd qiladi. Agar mag‘lub bo‘lsa, Qatarni mag‘lub etishimiz shart bo‘ladi.
Fikrlar