
Tilovov bronza medali uchun tatamiga chiqadi
Boku shahrida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnini terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda. Engil vazn toifasida tatamiga chiqqan hamyurtimiz Muhriddin Tilovov (-66 kg) kechki dasturda bronza medali uchun kurashadi.
Xabar berganimizdek, dzyudochimiz dastlab Qatar, keyin Belgiya, Isroil, Ozarbayjon terma jamoasi vakillarini mag‘lub etgan edi. Afsuski, final uchun kechgan bahsda esa moldaviyalik Denis Vieruga shidolar bo‘yicha imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Yurtdoshimiz shu tariqa bronza medali uchun Nankin o‘smirlar Olimpiadasi sovrindori ukrainalik Bogdan Yadovga qarshi tatamiga chiqadi. Hamyurtimiz mazkur bellashuvda g‘alaba qozonsa, musobaqaning bronza medali bilan birga Tokio Olimpiadasi uchun 250 reyting ochkosini ham o‘z hisobiga yozib qo‘yadi.
Fikrlar