Tilingni tiyib yur, Saloh!
“Liverpul” etakchisi Muhammad Saloh ketma-ket uchta uchrashuvda tarkibga kiritilmaganidan keyin bosh murabbiy Arne Slot siyosatini ochiqchisiga ommaviy tanqid qilgan edi.
Ayni paytda mutaxassislar chempion jamoa atrofidagi vaziyatga o‘z munosabatlarini bildirmoqda. Xususan, “Liverpul” sobiq futbolchisi Maykl Ouen ham bu borada o‘z qarashlarini ma’lum qildi.
- Oh, Muhammad, sening his-tuyg‘ularingni tasavvur qila olaman. Sen bu jamoani uzoq yillar davomida elkangda ko‘tarib kelding va imkoni bor barcha yutuqlarni qo‘lga kiritding.
Ammo futbol — jamoaviy o‘yin, va sen aytgan gaplarni omma olib chiqib bo‘lmaydi. Bir haftadan so‘ng sen Afrika kubogiga ketasan. Balki tilni tiyib, terma jamoang uchun zavf bilan o‘yna kelib, keyin vaziyatga baho bersang bo‘lardi, - dedi Maykl Ouen.



Fikrlar