Ti Jey Dillashou: “Merab Dvalishvili va Umar Nurmagomedov o‘rtasida revansh bo‘lishi kerak”

  • 12 oktabr, 03:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC ning ikki karra sobiq chempioni Ti Jey Dillashou gruziyalik Merab Dvalishvili va rossiyalik Umar Nurmagomedov o‘rtasida revansh o‘tkazilishi lozimligini ta’kidladi.

Tecno

“Ko‘plab jangchilar xato qilishdi — ular Merabni yiqitishga urinmadi ham. Umar esa buni uddaladi. Shuning uchun men Umar bilan ikkinchi jangini ko‘rmoqchiman. Kimdir Dvalishvilini parterga tortib, u erda ushlab tura oladimi? Uning parterdagi mahorati qay darajada? Men buni bilmayman”, — dedi Dillashou "JAXXON" podkastida.

Eslatib o‘tamiz, Dvalishvili va Nurmagomedov o‘rtasidagi to‘qnashuv yanvar oyida, "UFC 311" turnirida bo‘lib o‘tgan va unda gruziyalik jangchi ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!