Tezkor! Husanov Evropa Chempionlar ligasida qatnashadigan Frantsiya klubi bilan shartnoma tuzdi

  • 11 iyul, 2023, 21:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jalb qilina boshlagan Abduqodir Husanov Frantsiya chempionatidagi birinchi o‘zbek futbolchisiga aylanmoqda.

Tecno

19 yoshli futbolchimiz ikki mavsumdan beri Belarus chempionati vakili “Energetik-BGU” sharafini himoya qilib kelmoqda.

0ntm79lNX84

O‘zbekistonlik futbolchiga yangi mavsumda Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etadigan “Lans” jamoasi qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik.

“Belarus futboli” telegramm kanalida tarqatilgan tezkor xabarga ko‘ra, Abduqodir Husanov Frantsiya klubi bilan shartnoma tuzgan.

Ayni paytda “Energetik-BGU” tarixidagi eng yirik transfer rasman tasdiqlanishi kutilmoqda.

Ta’kidlash joizki, iste’dodli himoyachimiz Frantsiya klubi skautlari e’tiborini yaqinda Argentinada o‘tkazilgan 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida qozongan. Terma jamoamiz tarkibida ishonchli o‘yin namoyish qilgan Husanov musobaqada o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsata olgan futbolchilardan biriga aylandi. Markaziy himoyachi bo‘lishiga qaramay, Abduqodir O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining haqiqiy etakchisi ekanini ko‘rsata oldi.

Husanov aslida “Bunyodkor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq, professional futbolchilik faoliyatini legioner sifatida boshladi. 2022 yilning martida yosh futbolchimiz Belarus chempionatiga ko‘chib o‘tdi va “Energetik-BGU” safiga qo‘shildi.

Abdulqodir yosh bo‘lishiga qaramay, dastlabki mavsumdayoq o‘zini ko‘rsatdi. Futbolchimiz himoyada xotirjam o‘ynaydi, raqibdan to‘pni olib qo‘yishga usta, maydonda aqlli o‘yin namoyish qiladi, hujumchilarga ham yordam beradi, jarima zarbalarini ajobiy ijro etadi. Bundan tashqari, Husanov kuchli va aniq zarba sohibi hisoblanadi.

O‘zbek futbolchisi “Energetik-BGU” tarkibiga qo‘shilganidan keyin Belarus oliy ligasida jami 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, to‘rt marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va yana to‘rt bor jamoadoshlariga golli pas uzatdi.

Abduqodir Husanov himoya markazidan tashqari, tayanch zonada ham ishonchli o‘ynay oladi. Yosh bo‘lishiga qaramay, bu futbolchimiz bir oy muqaddam O‘zbekiston milliy terma jamoasida debyutini nishonladi va uchta o‘yin o‘tkazishga ulgurdi.

Eslatib o‘tamiz, “Lans” klubi yakunlangan mavsumda Frantsiya chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu jamoa mamlakat chempioni PSJdan atigi bir ochko ortda qolib ketdi.

Yangi mavsumda Chempionlar ligasida qatnashishga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Lans” tarkibni kuchaytirish maqsadida Frantsiya vitse-chempionlari kolumbiyalik Yerri Minani ko‘z ostiga olgandi. Biroq muzokaralar ijobiy natija bermagach, klub e’tiborini 19 yoshli Abduqodirga qaratgan.  

IMG_0182

Bu transfer rasman tasdiqlanganidan keyin Abduqodir Husanov Frantsiya chempionatiga yo‘l olgan birinchi o‘zbek futbolchisi sifatida tarixdan joy oladi. Shuningdek, kuchli beshlik chempionatlaridagi ikkinchi vakilimizga aylanadi.

Ayni paytda Eldor Shomurodov “Roma” o‘yinchisi sifatida “top-5” ligalardagi yagona vakilimiz bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
SAMARIDDIN AMUR GPZ UZB
11/07/2023 22:01
Barakalla kupaysin, egitlarimiz soni qancha kupaysa shuncha yahsbi
Ishoq Ruziev
11/07/2023 21:53
Barakalla o'g'lon
MAMATQULOV G‘AYRAT
11/07/2023 23:23
ABDUQODIR PROFESSIONAL YIGIT.OTASIGA RAHMAT.TARBIYALAGAN OILASIGA KATTA RAHMAT.O‘Z USTIDA ISHLASHNI TO‘XTATMASA KUCHLI SUPERKLUBLARDA HAM O‘YNAY OLADI. ALLOHDAN SO‘RAYMAN SHU YIGITNI YULDUZLIK KASALI CHETLAB O‘TSIN. DOIMO KAMTARLIGICHA QOLSIN.
&
Uzbek ligion
12/07/2023 16:09
Omad, zur futbolist
Pardayev Shavkat
12/07/2023 00:04
Европани забт этишни бошладик. Олға Ўзбегим !!!