
Termada 93 ta gol urgan Chxetri O‘zbekiston darvozasini nega ishg‘ol qila olmagani sababini aytdi
Qatarda davom etayotgan Osiyo kubogida faoliyati e’tiborga molik o‘yinchilar ko‘p. Xususan, Hindistonning eng kuchli futbolchisi Sunil Chxetri xalqaro miqyosda ko‘p gol urgani bilan nom qozongan.
Hindiston milliy terma jamoasida 2005 yildan beri to‘p tepib kelayotgan 39 yoshli forvard 145 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 93 marotaba ishg‘ol qildi. Sunilga yuzlik dovonga etishi uchun atigi ettita gol etishmayapti.
Sunid Chxetri Osiyo kubogi guruh bosqichining ikkinchi turida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda qatnashib, O‘tkir Yusupov darvozasiga ham xavf soldi.
Chxetri uchun Qatardagi musobaqa uchinchi Osiyo chempionati hisoblanadi. Hindlar 2011 va 2019 yildagi qit’a kubogida ham qatnashgan.
Hindiston terma jamoasi sardori jurnalistlarga musobaqa haqidagi fikrlarini aytib o‘tdi.
- 2011 va 2019 yilgi Osiyo kubogidan beri Hindiston terma jamoasi imkoniyatlarida katta o‘zgarishlar bo‘lgani yo‘q. Eng asosiy farqli jihat shundaki, hoo‘ir raqiboar haqida ko‘proq ma’lumotga egamiz, bilimlarimiz oshgan. Chunki ayni paytda ma’lumot to‘plashning imkoni kengaygan. Bularning bari avvalgi musobaqalarga qaraganda o‘yinlarga puxtaroq tayyorlanishga xizmat qiladi.
Hindistonning Avstraliya va O‘zbekiston darvozasiga gol ura olmagani va muammo. Biz qo‘ldan kelgancha harakat qilyapmix. Biz o‘yinga tushganimizda to‘p kiritolmaymiz, degan fikr bo‘lmaydi. Bu ish oson emas, lekin O‘zbekiston bilan o‘yinda Avstraliyaga qarshi kechgan o‘yinga qaraganda darvozani ishg‘ol qilish imkoni ko‘proq bo‘ldi.
Bu ikkisi juda kuchli jamoa hisoblanadi va biz ular bilan o‘ynashga ko‘nikmaganmiz. Agar sen raqibni yaxshiroq bilsang, unga qarshi harakat qilish engilroq bo‘ladi. Biroq har doim jahon chempionatlarida qatnashib kelgan Avstraliya yoki Osiyoning eng kuchli termalaridan hisoblangan O‘zbekiston bilan o‘ynab yurmagan terma jamoa uchun ularga qarshi turish oson emas.
Ishontirib aytamanki, bu jamoalar bilan bahsda gol urish niyatimiz bor edi, ayrim vaziyatlar yaratilgan bo‘lsa-da, maqsadimizga erisha olmadik. O‘zbekistonga qarshi bellashuvda Raxulning boshi bilan bergan zarbasi, Maxesh va mening urinishlarim behuda ketdi. O‘zbeklar esa, o‘zlari yaratgan vaziyatlardan gol urib ketdi. Mana shu katta turnirlarda jamoalarning farqini ko‘rsatadi.
Osiyo kubogida jismonan yaxshi rivojlangan terma jamoalarga qarshi o‘tkazgan o‘yinlarimiz bizga tajriba bo‘ldi. Bu bahslarda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarimizni tuzatish – eng muhim vazifa.
Men har doim terma jamoa uchun yaxshi natijalar qayd etish maqsadida to‘p tepadi. Bu Osiyo kubogimi, o‘rtoqlik o‘yinimi yoki shaxmat musobaqasi bo‘ladimi, buning farqi yo‘q. Hech narsaga qaramay, men o‘z yurtim terma jamoasi uchun gol urishni istayman, - dedi Sunil Chxetri.
O‘zbekiston futbolchilari bugun bir shov-shuv ko‘tarish uchun o‘ynaydi!
Avstraliya bilan o‘yin oldidan O‘zbekiston etakchisi o‘zgardi!
Fikrlar
Мен ҳар доим терма жамоа учун яхши натижалар қайд этиш мақсадида тўп тепади (тепаман)
ettita -> yettita
etishmayapti -> yetishmayapti
hoo‘ir raqiboar -> hozir raqiblar
....
g'ij-g'ij xato!