
Terma jamoamiz yarim himoyachisi Eronga ko‘chib o‘tadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Bunyodkor" yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov faoliyatini Eronda davom ettiradi.
Eronning "Total Futball" sahifasi ma’lum qilishicha, futbolchining keyingi jamoasi Eron Pro-Ligasining amaldagi chempioni "Traktor" klubi bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, avvalroq terma jamoamiz himoyachisi Rustam Ashurmatov "Istiqlol" futbolchisiga aylangan edi.
Fikrlar