
Terma jamoaga evropalik murabbiy olib kelinishi mumkinmi?
O‘FA Media bo‘limi “Savol yo‘llang!” loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu loyiha doirasida tashkilot birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov muxlislar yo‘llagan savollarning eng saralariga javob berdi.
– Milliy terma jamoamizga Evropadan kuchli mutaxassis olib kelish masalasiga fikringiz qanday? (khaydarov.ozodbek)
– Evropalik murabbiy masalasida ayni vaqtda gapirish noo‘rin. Chunki terma jamoamizda murabbiy bor. Agar umumiy bu mavzudagi fikrimni aytsam, murabbiyning qaerdan ekanligi muhim emas. Balki, asosiysi terma jamoaning o‘yin uslubiga qanchalik mosligini o‘rganish kerak. Murabbiyning ishga yondoshuvi va oldiga qo‘yadigan maqsadlari ahamiyatliroq.
Fikrlar