
Terma jamoada o‘ynagan futbolchini otib ketishdi
Turkiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Serxat Akinga noma’lum shaxslar hujum uyushtirib, unga o‘q uzishdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Serxat oyog‘idan yaralangan.
- Biz sobiq futbolchimiz Serxat Akinga uyushtirilgan qurolli hujumni qoralaymiz. Unga tezroq tuzalishini tilaymiz. Jinoyatchilar tez orada javobgarlikka tortilishidan umidvormiz, - deyiladi “Fenerbahche” klubi rasmiy saytida tarqatilgan bayonotdi.
43 yoshli Serxat Akin Germaniyaning “Karlsrue” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyatini “Fenerbahche”da boshlagan. Keyinchalik, Germaniya, Turkiya va Belgiyaning bir necha jamoalarida to‘p tepdi.
O‘ng qanot hujumchisi bo‘lgan Serxat Akin Turkiya terma jamoasi safida 16 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilgan.
Fikrlar