
Ter Shtegen Ispaniya kubogi finalida ishtirok etolmaydi
"Barselona" klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jarohatlandi. Bu haqida klub rasmiy veb-sayti xabar bermoqda.
Kipper o‘ng oyog‘ida og‘riq sezayotganligi tufayli mashg‘ulotlarda ishtirok etmayapti, xozirda uning qaytishi va jarohati borasida mutaxassislar fikri ma’lum emas.
"Barsa" mavsum yakuniga qadar faqatgina ikkita uchrashuv o‘tkazishi darkor: 19 may kuni "Eybar"ga qarshi, 25 may kuni Ispaniya kubogi final bahsida "Valensiya"ga qarshi.
Fikrlar