
Ter Shtegen "Barselona"ning keyingi mavsumdagi asosiy maqsadini aytdi
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jamoasining kelasi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi. Kataloniya klubi avvalroq ketma-ket ikki marta guruh bosqichidan chiqib ketgan Chempionlar ligasida g‘olib chiqmoqchi.
“Chempionlar ligasi “Barselona”ning keyingi mavsumdagi asosiy maqsadlaridan biri. Biz har doim ushbu musobaqada imkon qadar uzoqqa borishni xohlaymiz. Biz La Ligada ham, Chempionlar Ligasida ham yaxshi harkat qilishimiz kerak", - deya Ter Shtegenning so‘zlarini keltiradi "Vamos".
Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta "Barselona" Chempionlar ligasida 2015 yilda g‘alaba qozongan, o‘shanda Turinning "Yuventus" klubi Berlin finalida mag‘lub etilgandi.
Fikrlar