Ter Shtegen "Barsa"dan ketish haqida o‘ylamoqda
Mark-Andre ter Shtegenning "Barselona"dagi kelajagi noma’lumligicha qolmoqda. Germaniyalik futbolchi yozda olgan jarohatidan tiklanishda davom etmoqda va allaqachon klubini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda.
"Mundo Deportivo" nashir xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorringlilar" hali bu borada taklif olmagan. 33 yoshli darvozabon maydonga qaytganida aniq muzokaralar boshlanishi kutilmoqda. Ter Shtegenning agentlari yangi klub topish ustida ishlamoqda.
Tajribali darvozabon 2026 yilgi Jahon chempionatida o‘ynashni xohlamoqda.



Fikrlar