Ten Xagning rejalariga kirmagan to‘rt futbolchi "Manchester Yunayted"ni tark etadi

  • 7 iyul, 2023, 18:31
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Erik ten Xag "Manchester Yunayted"ni to‘rt nafar futbolchi tark etishini istamoqda.

Tecno

"The Independent" nashri xabariga ko‘ra, murabbiy yaqin ikki hafta ichida Xarri Maguayr, Fred, Skott Maktominay va Jeydon Sancholarning jamoani tark etishini istamoqda. Ten Xag kimni jamoada qoldirish borasida yakuniy qarorga keldi.

Maguayrga "Vest Xem"dan qiziqish bo‘lmoqda. "Manchester Yunayted" himoyachini 50 million funtga baholamoqda. Asosiy muammo Maguayrning yuqori maoshida. 

Fred "Fulxem"ga, Maktominay "Vest Xem" va "Nyukasl"ga qiziq.

Sanchoni "Tottenxem"ga sotish varianti ko‘rib chiqildi. "Qizil iblislar" Jeydonni Xarri Keyn shartnomasiga kiritmoqchi. "Shporlar" hujumchisi MYuga o‘tishni xohlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!