Ten Hagning norasmiy debyutida MYu "Liverpul"ni yirik hisobda taslim etdi

  • 12 iyul, 2022, 19:53
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan Evropa klublari o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda.

Tecno

APLning ikki grandi - MYu hamda "Liverpul" Tailandda yig‘in doirasida o‘zaro nazorat o‘yini o‘tkazdi. Unda "qizil iblislar" 4:0 hisobiga zafar quchdi.

Hisob 12-daqiqada Jeydon Sancho tomonidan ochildi. Birinchi taym yakuniga qadar Fred hamda Marsyalning gollari manchesterliklarga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi. Klopp ikkinchi bo‘limda asosiy futbolchilarini maydonga tushirdi, ammo bu foyda bermadi. Aksincha, 76-daqiqada MYu futbolchisi Fakundo Pelistri oradagi farqni 4 taga etkazdi.

"Qizil iblislar" keyingi bellashuvni 15 iyul kuni "Melburn Viktori", mersisaydliklar "Kristal Pelas"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!