
Ten Xag Ronalduga o‘rinbosar bo‘la oladigan futbolchilar ro‘yxatini tuzdi
"Manchester Yunayted" Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma uzaytirilishi dargumon. Klub bosh murabbiyi Erik ten Xag esa portugaliyalik yulduzning o‘rnini bosa oladigan hujumchilar ro‘yxatini allaqachon tuzib bo‘lgan.
"Manchester Evening News" nashri xabariga ko‘ra, ro‘yxatning birinchi pog‘onasida "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen bo‘lib turibdi. “Qizil iblislar” nigeriyalik futbolchini kelasi yozda Angliyaga olib kelishga harakat qiladi.
Dekabr oyining oxirida Viktor Osimxen o‘zining 24 yoshini nishonlaydi. 2022/2023 yilgi mavsumda hujumchi 13 uchrashuvda 9 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali nigeriyalik futbolchini 65 million evroga baholamoqda.
Fikrlar