Ten Xag Ronaldu o‘rnini to‘ldirish qiyin ekanini tan oldi

  • 27 dekabr, 2022, 15:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 "Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoaning qishki transfer maqsadlari borasida qisqacha gapirib o‘tdi. 

Tecno

"Ikki narsani alohida aytib o‘tishim mumkin. Birinchisi - o‘zimizdagi yoshlarga ko‘proq e’tibor qaratishimiz mumkinligi bo‘lsa, ikkinchisi - kerakli hujumchi sotib olish. 

Garnacho, Elanga va Pellistri menda yaxshi taassurot qoldirmoqda. Ular mashg‘ulotlarda ham ajoyib harakat qilishyapti.

Yangi hujumchi masalasiga kelsak, Ronaldu o‘rnini to‘ldirish qiyin bo‘ladi, albatta. Klubning har bir futbolchiga bo‘lgan talabi yuqori va bu yangi kelganlarga oson bo‘lmasligini anglatadi", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" bugun tungi vaqt 01:00 da "Nottingem Forest"ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!