Ten Xag "Manchester Yunayted" rahbariyatiga Ronalduni ortiq jamoada ko‘rishni istamasligini aytgan

  • 15 noyabr, 2022, 16:50
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag klub rahbariyatiga hujumchi Krishtianu Ronaldu endi "qizil iblislar" safida o‘ynamasligi va uni ortiq jamoada ko‘rishni istamasligini aytdi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, murabbiy rahbariyat bilan uchrashuv belgilagan, ammo niderlandiyalik mutaxassis oilasi bilan qisqa muddatli ta’tilga chiqqani sababli kelishuvni keyinroqqa surgan.

Jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida, xususan, Ronaldu ten Xagni hurmat qilmasligini, shuningdek, u atayin zaxirada qoldirayotgani borasida aytdi.

37 yoshli portugaliyalikning “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan. Shuningdek, Ronaldu va uning agenti Xorxe Mendesh portugaliyalikning "Bavariya"ga o‘tishi bo‘yicha dastlabki muzokaralarni o‘tkazgani xabar qilingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!