
Ten Xag de Yongning transferiga ishora qildi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoaga yangi kelishi mumkin bo‘lgan futbolchilar haqida gapirar ekan, "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongni o‘z jamoasida ko‘rishni istashiga ishora qildi.
“Biz tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida o‘ynay oladigan o‘yinchi qidirmoqdamiz. Hozir tarkibda biz talab qilayotgan o‘yinni ko‘rsata oladigan futbolchilarimiz tarkibimizda kam. Agar shunday o‘yinchini topa olmasak, jamoa a’zolaridan umid qilishdan boshqa ilojimiz yo‘q. Biz ushbu nuqtada o‘ynay oladigan futbolchilar “short-listi”ni tuzib chiqdik. Hozirda ularning o‘yinini kuzatmoqdamiz. Agar, “Manchester Yunayted”ga mos keladigan futbolchini topgan zahotimiz uni sotib olishga harakat qilmiz”, - deya ten Xagning so‘zlarini keltiradi “The Athletic” nashri.
Fikrlar