
Ten Hag Ronaldu haqida gapirishdan bosh tortdi
Erik ten Hag MYu sobiq futbolchisi Krishtianu Ronalduning "Al-Nassr"ga o‘tgani haqida fikr bildirishdan bosh tortdi.
"Men o‘tmish haqida gapirishni istamayman, keling, yaxshisi kelajak haqida gaplashaylik. Bugun oldinga yana bir qadam tashladik.
Mavsumda ilk bor bugun kuchli to‘rtlikka kirdik, ammo bu hech narsani anglatmaydi. Chunki oldimizda uzoq yo‘l bor. O‘yindan o‘yinga kuchayib, sovrin yutadigan darajaga ko‘tarilishimiz lozim",-dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu noyabr oyida intervyu berib, ten Hagni hurmat qilmasligini aytgandi. Shundan so‘ng MYu va Krishtianu o‘rtasidagi shartnoma bekor qilindi.
Fikrlar