
Tekini tatimas ekan. Xavi yozda kelgan uch futbolchini haydaydigan bo‘ldi
“Barselona” yozgi transferlar vaqtida erkin agentga aylangan mashhur o‘yinchilarni o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Bu o‘yinchilarning aksariyati Xavi Ernandesning ishonchini oqlamadi. Ispan murabbiyi “Bavariya”dan uchralgan mag‘lubiyat sababchilarini haydaydigan bo‘lyapti.
Yarim himoyachi Frank Kesse “Bavariya”ga qarshi to‘liq o‘ynaganiga qaramay, o‘ziga yuklatilgan vazifani uddalay olmadi.
O‘ng qanot himoyachisi Ektor Belerin o‘yin davomida Sadio Mane va Shupo-Moting tezligiga dosh berolmadi.
Chap qanot himoyachisi Markos Alonso esa “Chelsi”da o‘ynagan davridagi mahoratidan hech narsa qolmaganini ko‘rsatdi.
Xavi Ernandes mavsum yakunlanishi bilan ularni javobini berish borasida bir qarorga kelib bo‘lgan.
Fikrlar