
Tayyor turing! Yana bir yulduz hujumchi Osiyoga keladi!
"Monako" va "Atletiko" klublarining sobiq hujumchisi Radamel Falkao hozirda Ispaniyaning "Rayo Valekano" klubida to‘p surmoqda.
U mavsumni juda qizg‘in o‘tkazmoqda, biroq 37 yoshli kolumbiyalik hujumchining shartnomasi iyun oyida tugaydi va katta ehtimol bilan ispan klubi u bilan kelishuvni uzaytirmaydi.
Marca ma’lumotlariga ko‘ra, joriy mavsum Falkaoning Evropadagi faoliyatidagi oxirgi mavsum bo‘ladi. Shundan so‘ng u ekzotik Malayziyaga yo‘l oladi. Unga allaqachon ushbu mamlakatning amaldagi chempioni “Joxor Darul” klubidan taklif bor.
Falkao joriy mavsum “Rayo Valekano” safida La Ligada jami 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.
Fikrlar