
Tayson Fyuri va Aleksandr Usik jangi bo‘yicha yangilik!
WBA prezidenti Gilberto Mendozaning ma’lum qilishicha, og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri va WBA, WBO, IBF chempioni Aleksandr Usik jangi bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Xabarga ko‘ra, Usik 70/30 miqdordagi ganorarni qabul qilgan. Bahs 29 aprel kuni Londondagi "Uembli" arenasida o‘tkazilishi mumkin. Hozirda tomonlar shartnoma bo‘yicha ishlarni olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, WBA tashkiloti bu jang bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, Usik va Daniel Dubois jangiga buyruq berishini ma’lum qilgan.
Fikrlar