Tayson Fyuri boksga qaytmaydi(mi?)

  • 25 may, 14:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Taniqli charm qo‘lqop ustasi Tayson Fyuri boksga qaytishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

Tecno

"Boksga qaytganim haqida juda ko‘p gap-so‘zlarni eshitdim. Hozir barchasiga oydinlik kiritmoqchiman. Men nafaqadaman va shunday qolaman. Biror insonga nimanidir isbot qilishga majbur emasman. Mening qanday bokschi bo‘lganimni hamma biladi. Bundan tashqari endi qaytishimdan ham foyda yo‘q" - dedi "Lo‘lilar qiroli".

Eslatib o‘tamiz, Fyuri yanvar oyida faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi. Aprel oyi boshida esa uning Entoni Joshua bilan jang bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!