"Tata Steel Chess 2023": Nodirbekda durang, Javohirda mag‘lubiyat

  • 23 yanvar, 2023, 09:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO
Niderlandiyada klassik shaxmat bo‘yicha "Tata Steel Chess 2023" musobaqasi masters guruhida ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov 8-tur doirasida amerikalik Levon Aronyanga qarshi dona surdi va durangga erishdi.
 
Ushbu durangdan so‘ng Nodirbekning hisobidagi ochkolari soni 6 taga etdi. U hamon peshqadamlikni saqlab turibdi.
 
 Afsuski, chellenjerlar tasnifida qora donalarda harakat qilgan Javohir Sindorov turkiyalik Mustafa Yilmazga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
 
23 yanvar xalqaro turnir dasturiga binoan dam olish kuni etib belgilangan.
 
Har ikki guruhdagi 9-tur o‘yinlari 24 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Nodirbek Abdusattorov germaniyalik Vinsent Keymer bilan ro‘baro‘ kelsa, Sindorov amerikalik Mishra Abximanyu bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!