Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik para velosportchi jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi!

  • 24 sentabr, 2024, 22:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Velosport
BEPUL PROPAN

Para velosport bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari Shveytsariyaning Tsyurix shahri mezbonlik qilayotgan shosse bo‘yicha jahon chempionatiga jo‘nab ketgani haqida ma’lum qilgan edik. Bugun musobaqaning erkaklar o‘rtasida T1 klassida 11 km masofaga o‘tkazilgan vaqt poygasi bellashuvlarida ishtirok etgan hamyurtimiz Aziz Ataxo‘jaev 20 daqiqa 30 soniya natija qayd etib, marraga uchinchi o‘rinda etib keldi va jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Qayd etish lozimki, Aziz Ataxo‘jaev ushbu natijasi orqali O‘zbekiston para velosporti tarixida jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan birinchi sportchiga aylandi. U shuningdek 2003 yildan buyon velosport bo‘yicha jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarilgan ilk sportchi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!