Tailand murabbiyi: Bizning guruhda O‘zbekiston milliy terma jamoasi favorit hisoblanadi

  • 7 iyun, 2022, 11:45
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga start oladigan Osiyo kubogi saralashidan oldin Tailand terma jamoasi bosh murabbiyi Aleshandre Pyolking ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Ertaga bizni saralash bosqichida muhim uchrashuv kutib turibdi. 3 ochko bilan boshlab olishimiz talab etiladi. Hozirgi kunda barcha jamoalar yaxshi o‘yin ko‘rsata oladi. Shu sababli o‘z o‘yinimizni namoyish etishimiz kerak. Lekin, albatta, bu guruhda O‘zbekiston milliy terma jamoasi favorit hisoblanadi. 2 ta turda 6 ochkoni qo‘lga kiritib, Osiyo kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishimiz lozim. Oxirgi turdagi O‘zbekistonga qarshi o‘yin o‘z kuchimizga baho berishga yordam beradi.

Bundan tashqari, 4 ta futbolchimiz U-23 Osiyo kubogida ishtirok etmoqda. Shu sababli ularning xizmatidan foydalana olmaymiz. Shuningdek, bizda jarohat olganlar ham bor. Yana bir futbolchimiz transfer bilan bog‘liq vaziyat tufayli o‘yinda ishtirok etolmasligi ma’lum bo‘ldi. Ammo ayni paytdagi futbolchilarimda Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun etarlicha potentsial mavjud, - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dilshod Zokirjonov
07/06/2022 11:50
Tailandga omad unday boʻlsa