Taekvondochilarimiz "Moscow Grand-Prix Final" musobaqasiga yo‘l olishmoqda
6-7 dekabr kunlari Rossiyada taekvondo bo‘yicha "Moscow Grand-Prix Final" musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik ikki nafar taekvondochi ishtirok etadi.
Bugun soat 12:55da vakillarimiz Toshkent-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha Rossiya poytaxtiga uchib ketishadi.
Moskva Gran-prisida ishtirok etadigan sportchilarimiz:
-67 kg Tursunqulova Nigora
-80 kg Rafalovich Nikita
Murabbiylar shtabi:
Kim Jin Yung - xorijiy murabbiy
Xvan Dmitriy - katta murabbiy
Rafalovich Maksim - murabbiy
Li Pavel - shifokor
Moskva-2019 Gran-prisida kim qancha reyting ochko ishlab oladi:
1-o‘rin - 80
2-o‘rin - 48
3-o‘rin - 28,8
5-o‘rin - 17,28
9-o‘rin - 12,10
17-o‘rin - 8,47



Fikrlar