
Taekvondo WTF. Samarqandda O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi
Samarqand viloyatida taekvondo ITF yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada taekvondo ITFning shaxsiy massogi, jamoaviy massogi va shaxsiy tul yo‘nalishlari bo‘yicha sportchilar o‘zaro bahs olib borishdi. Mazkur nufuzli chempionatda 1000 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun kurashdi.
Musobaqa davomida terma jamoa a’zolari saralab olinib, joriy yil oktyabr oyida Italiyada o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etish uchun tanlab olindi.
Umumjamoa hisobida g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
1. Toshkent viloyati
2. Toshkent shahri
3. Samarqand viloyati
Fikrlar