
Taekvondo WT. Bugun ikki vakilimiz JChda dayanga chiqadi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida taekvondo bo‘yicha Jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun nufuzli musobaqaning navbatdagi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda ikki nafar sportchimiz dayanga chiqadi. Jumladan, 46 kg vaznda Zuhra Tojimatova o‘z yurishini marokashlik Neja Elasalga qarshi boshlaydi. 54 kg vaznli Omonjon Otajonov esa, Kolumbiya vakili Brayan Garrido bilan bellashadi.
Ma’lumot uchun, vakillarimiz bungacha kumush (Svetlana Osipova) hamda bronza (Ulug‘bek Rashitov) medallariga ega chiqqandi.
Fikrlar