Taekvondo. "Namangan Open" dunyoning sara sportchilarini o‘zida jamlaydi

  • 23 oktabr, 2023, 11:47
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Dunyoning sara taekvondochilari yana Namanganda jam bo‘ladi. Joriy yilning 24-28 oktyabr kunlari Namangan shahridagi "Pahlavon" sport majmuasi taekvondo WT bo‘yicha IV xalqaro "Namangan Open" musobaqasiga mezbonlik qiladi.

Tecno

Mazkur nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik taekvondochilardan tashqari Koreya Respublikasi, Eron, Pokiston, Iroq, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan tashrif buyurgan sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Bellashuvlar o‘smirlar, yoshlar hamda kattalar vazn toifalarida tashkil etiladi.

O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!