Svetlana Osipova: O‘zbekiston terma jamoasi va assotsiatsiya rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Xitoyning Uxan shahrida VII Butunjahon armiya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada qatnashib, oltin medalni qo‘lga kiritgan Svetlana Osipova O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmatiga intervyu berdi.

Tecno

"Butunjahon armiya o‘yinlari bizning terma jamoa uchun omadli o‘tdi. Bizning taekvondochilar bu musobaqada birinchi o‘rinni olishganini eshitib juda xursand bo‘ldik. Bundan tashqari eng yaxshi murabbiy sifatida bizning murabbiy tan olingani O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasiga yoqimli xushxabar bo‘ldi deb o‘ylayman. Ushbu natijalar qo‘lga kiritilishida O‘zbekiston terma jamoasi va assotsiatsiya rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman", - dedi Butunjahon armiya o‘yinlari chempioni Svetlana Osipova.

Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!