Svetlana Osipova jahon chempionatlaridagi uchinchi medalini qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Xitoyning Usi shahrida o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi medaliga sazovor bo‘ldi. Finalgacha Xitoy Taipeyi, Janubiy Koreya va Xitoy vakillarini mag‘lub etgan Svetlana Osipova (+73 kg) hal qiluvchi bahsda turkiyalik Nafisa Kushga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan taqdirlandi.

Tecno

Bu Osipovaning jahon chempionatlaridagi uchinchi medali bo‘ldi. Bungacha uning hisobida dunyo birinchiliklarining 1 tadan oltin va kumush medallari bor edi.

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!