
Svetlana Osipova “Chuncheon Open” musobaqasining finalchisiga aylandi
Janubiy Koreyaning Chunchxon shahrida taekvondo bo‘yicha G2 toifasiga kiruvchi musobaqa yakulandi. E’tiborlisi, musobaqaning so‘nggi kunida ham terma jamoamiz vakillari shohsupaga ko‘tarilishdi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
+73 kilogramm vazn toifasida dayanga chiqqan Svetlana Osipova dastlab Gollandiya, keyin avstraliyalik raqiblarini mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi. Afsuski, oltin medal uchun kechgan jangda musobaqa mezbonlaridan biriga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Bugun musobaqa ishtirok etgan yana 2 nafar vakilimiz yarim final uchun kechgan bahsda omadsizlikka uchrashdi. Shunday bo‘lsada Tokio Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldilar. Vakillarimiz endi G1 toifasidagi “Kimyeong cup” turniriga yo‘l olishadi. Kecha -49 kilogramm vazn toifasida Madinabonu Mannopova bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar