Suv polosida jahon chempioni aniqlandi

CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Janubiy Koreyaning Kvangju shahrida suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga etib bormoqda. Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan bellashuvlar doirasida erkaklar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha barcha sovrindorlar aniqlandi. 

Tecno

Finalda Italiya va Ispaniya terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi. Raqibidan har tomonlama chiroyli va aniq o‘yin namoyish etgan Italiya terma jamoasi yakunda 10:5 hisobida zafar quchib, jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Bronza medali uchun kechgan bellashuvda esa xorvatlar vengriyalik raqiblaridan 10:7 hisobida ustun kelishdi. 

Ta’kidlash joiz, jahon chempionati finalchilari kelasi yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ham ega bo‘lmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!