
"Surxon"ni boshqarayotgan ispaniyalik murabbiy uslubini o‘zgartirmoqchi emas, chunki...
Termizning “Surxon” klubi uchun yangi mavsum u qadar yaxshi boshlanmadi. Boisi, ispaniyalik Anxel Lopes boshchilik qilayotgan klub ortda qolgan to‘rtta uchrashuvda 2 ta durang va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan holda g‘alabasiz yurishini davom ettiryapti.
“Surxon” klubi matbuot xizmati bosh murabbiydan kun iqtibosi sifatida quyidagi so‘zlarini havola etdi:
“Futbol shunisi bilan qiziq va uni shuning uchun ham yoqtiramiz. Bu mening uslubim. Men har doim shunday ishlayman”.
Demak, Lopes o‘z uslubidan voz kechmoqchi emas. Ko‘ramiz, u “Surxon”ni qanchalik o‘zgartira olarkin?
Fikrlar