"Surxon" "Yangier"dan ustun keldi. Ispaniyalik legionerlar o‘zini ko‘rsatdi

  • 24 iyul, 2022, 23:15
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Termizning “Surxon” klubi bugun navbatdagi nazorat uchrashuvida pro liga vakili – “Yangier”ga qarshi maydonga tushdi. Mazkur to‘qnashuvda Superliga jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

“Surxon”dan Ruben Sanches Peres, Manuel Martines hamda Ulug‘bek Abdullaev gol urishgan bo‘lsa, “Yangier”dan Xurshid Asqaraliev bir bor javob qaytardi.

“Surxon”: Davron Merganov, Behruz Shaydulov, Javohir Sohibov, Bobur Akbarov, Tohir Shamsiddinov, Zoir Jo‘raboev, Ulug‘bek Abdullaev, Iqbol Malikjonov, Kamron Saydazimov, Ruben Sanches Peres, Manuel Martines.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Luis Kezada, Abdul-Aziz Yusupov, Serxio Rodriges, Islom Toshpo‘latov, Murod Bobojonov, Sharofitdin Shobirov, O‘rol Choriev, Farhod Mamatqulov, Samandar Qodirov, Abdug‘ofur Haydarov.

“Yangier”: Husan Olimjonov, Bunyod Abdumannonov, Islom Barotov, Shodiyor Hojimatov, Shoxruh Xolmatov, Jonibek Mirzaqulov, Bunyod Shodiev, Elyor Mamasoliev, Xurshid Asqaraliev, Muhiddin Odilov, Jahongir Abdusalomov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Sarvar Husanov, Doston Berdiqulov, Mateuz Szmanski, Mixail Kalitta, Turdibek Omonov, Bekzod Tolibjonov, Oybek Ahmatov, Farruh Hojibekov, Sarvar Soliev, Hushnud Bozorov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!