"Surxon" ustozi: "O‘zimiz raqibga imkoniyatlar yaratdik"

  • 5 mart, 2024, 01:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 1-turi doirasida o‘tkazilgan Surxon – Paxtakor (0:3) uchrashuvi yakunlangach mezbonlar ustozi Fevzi Davletov o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

"O‘yin haqida nima deyman? O‘yinning boshidayoq raqibga gol urishga imkon berdik. Vaziyatni tenglashtirishga harakat qildik, ammo ikkinchi taym boshida yana gol o‘tkazib yubordik. O‘zimiz raqibga imkoniyatlar yaratdik.

Barchasi kontsentratsiya bilan bog‘liq. O‘yin boshida muvozanatni yo‘qotdik. Futbolchilarga bunday xato qilmaslikni takror uqtirgan bo‘lsak-da, bunday xatolarga yana yo‘l qo‘ydik. Ayniqsa, ilk 10-15 daqiqalikda raqib bosimiga turib berishimiz kerakligini aytgan edik. Ammo, bu rejamiz ish bermadi.

Jamoa o‘tgan mavsumdagi natijalarni takrorlashni reja qilgan. Kamida o‘tgan mavsumdagi natijani takrorlash kerak. Maqsadimiz, albatta undanda yuqori o‘rinlarni egallash.

Albatta, hali jamoa yangi futbolchilarni jalb etadi. Jamoani kuchaytirish kerak. Murabbiylar shtabi bilan kamchiliklarni bartaraf etish uchun ishlaymiz. Murabbiylik oson emas, ammo ish bor joyda qiyinchiliklar bo‘ladi, albatta.

O‘zPFL matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rasul M
05/03/2024 11:58
Fevzi Davletovni olib kelishganda aytgandim xato boldi deb...Surxon muttassadilari nimaga Arslonovga javob berib buni olib kelishdi mantiqsiz
Абдухаликов Мухаммад
05/03/2024 11:36
Ф.Давлетов га кийин булади у хали тажрибасиз С.Арслонов ни кайтариш керак
Шоим Зарипов
05/03/2024 09:39
Сергей Арсланов каерга гойиб булди жамоани жуда яхши бошкараятган эди.
Азимов Хасанбой
05/03/2024 06:56
Тугри йулдасиз. Ф. Давлетов.