
"Surxon" Ulug‘bek Hoshimov ketganini e’lon qildi
Mavsum boshida “Neftchi”dan “Surxon”ga qo‘shilgan 23 yoshli hujumchi Ulug‘bek Hoshimov mavsumning ikkinchi qismini yana boshqa jamoada davom ettiradi. Boisi, u “Surxon” bilan xayrlashdi. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Birinchi davrada Ulug‘bek termizliklar tarkibida Superligada 11 ta uchrashuvda maydonga tushib 1 ta gol urdi.
Fikrlar