
"Surxon" etakchisi klubdan ketdi
“Mavsum-2022”ni Termizning “Surxon” klubida o‘tkazgan himoyachi Bobur Akbarov yana o‘z o‘yinlari bilan muxlislarning e’tiborini qozondi. Biroq jamoa sardori uchun “Surxon”dagi faoliyati yakunlandi. Uning o‘zi Sports.uz saytiga klubni tark etganini ma’lum qildi.
Akbarov Superligada 23 ta o‘yinda 1 ta gol urdi. O‘zbekiston Kubogida esa 2 ta bahsda 1 ta gol muallifiga aylandi.
Hozirda Bobur Akbarovning xizmatiga qiziqish bildirayotgan klublar bor. Futbolchi tez orada bir qarorga kelishi kutilmoqda.
Fikrlar