"Surxon arena"da alohida VAR xonasi tashkil etiladi

  • 5 sentabr, 2024, 13:47
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi Superliga uchrashuvlarida foydalanib kelayotgan VAR texnikasi yuk tashish uchun mo‘ljallangan mashinalarga joylashtirilgan bo‘lib, ular uchrashuv kuni stadionga etib keladi. "Surxon arena" foydalanishga topshirilsa, masofa uzoqligidan kelib chiqib, bu borada muammolar yuzaga kelishi mumkin. 

Tecno

Shundan kelib chiqib, Assotsiatsiya, Liga, Markaz hamda "Surxon" o‘rtasida o‘zaro kelishuvga erishilgan bo‘lib, uning yordamida "Surxon arena"ning o‘zida alohida VAR xonasi tashkil etiladi va stadion uchun alohida texnika xarid qilinadi. Ayni vaqtda Assotsiatsiya hamda Markaz yangi texnikani O‘zbekistonga olib kelish ustida ishlamoqda. Bu xususida O‘zPFL matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!