"Surxon" - "Andijon" o‘yini oldidan bilishingiz kerak bo‘lgan statistik ma’lumotlar

  • 15 mart, 2024, 04:51
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” jamoasi Superliganing 3-turini Toshkentda “Paxtakor” markaziy stadionida o‘tkazadi. 16 mart kuni nominal mezbon - Termizning “Surxon” klubiga qarshi maydonga tushadi.

Tecno

Ushbu jamoalar O‘zbekiston chempionatidagi birinchi uchrashuvi olis 1992 yilga borib taqaladi. Termizdagi ilk bahsda klublar 1:1 hisobida durang qayd etishgan. Shu paytgacha “Surxon” va “Andijon” o‘zaro 32 bor maydonda kuch sinashishgan. Ustunlik esa andijonliklar tarafida. Boisi, 16 ta uchrashuvda “Andijon”ning qo‘li baland kelgan. “Surxon”da 10 ta g‘alaba bor. Yana 6 ta bahsda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 38\57 “Andijon” foydasiga.

Qizig‘i, 16 mart kuni o‘ynaydigan bu jamoalar 2021 yilning aynan ushbu sanasida ham maydonga tushishgan. O‘shanda Andijondagi chempionatning ochilish o‘yinida "Burgutlar" 1:0 hisobida g‘alaba qozongan va hozircha bu “Andijon”ning “Surxon”ga qarshi o‘yinlardagi so‘nggi g‘alabasi bo‘lib turibdi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!