Harri Keyn chempion bo‘lish orzusidan voz kechdi

  • 28 sentabr, 2022, 11:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” hujumchisi Harri Keyn faoliyati davomida sovrinlarga ega bo‘lish uchun qudratliroq klublarga o‘tishga harakat qilayotgan edi.

Tecno

“Shporlar” harchand urinmasin chempion bo‘ladigan darajada kuchli emas. Hatto ayrim holatlarda Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan ham quruq qolgan paytlar bo‘lgan.

Angliyaning eng zo‘r to‘purarlaridan bo‘lgan Harri Keynga grand klublardan takliflar ko‘p. Xususan, “Chelsi” va “Bavariya” uni yozda sotib olishga tayyor. Ayniqsa, “Bavariya” Robert Levandovskini “Barselona”ga transfer qilganidan keyin oldingi chiziqda muammolarga dech kelmoqda. Ular Harri Keynni polshalik hujumchiga munosib o‘rinbosar sifatida olib kelishga qattiq umid qilyapti. 

Lekin keyingi paytda 29 yoshli hujumchining qarashlari o‘zgardi. U jamoani italiyalik mutaxassis Antonio Konte boshqarishda davom etsa, klub bilan shartnomani yangilashga va “Tottenxem”da qolishga tayyorligi aytilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!