Superliganing pley-off bosqichida uchrashuv Qarshida o‘tkaziladi
Superligada qolish uchun pley-off bosqichida "Qo‘qon-1912", "Xorazm" "Mash’al" va "Buxoro" jamoalari kurash olib boradi. Ushbu bosqichdagi bir uchrashuv esa Qarshida bo‘lib o‘tishi O‘zPFL e’lon qildi.
Muborakdagi stadion bilan bog‘liq muammolar tufayli "Mash’al" 2025 yilgi mavsumni G‘uzorda o‘tkazishga majbur bo‘ldi.
Superliga 30-turidan so‘ng G‘uzor shahridagi Sho‘rtan stadionini kelasi mavsumga tayyorlash ishlari boshlab yuborildi va stadion o‘yinlar uchun yopildi. Shundan kelib chiqib, "Mash’al" pley-offni o‘tkazish masalasida Nasaf bilan kelishuvga erishdi.
Superligadagi o‘rnini saqlab qolish uchun "Mash’al" 5 dekabr kuni Buxoro bilan raqobat hosil qiladi. Bellashuv Qarshidagi Markaziy stadionida o‘tkaziladi", — deyiladi xabarda.



Fikrlar