Superliganing nimasi super yoxud uning terma jamoaga ta’siri qanday?

  • 5 sentabr, 2021, 00:38
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi joriy mavsumda katta yo‘qotishlarga uchradi. Arveladzedan so‘ng, u qurgan jamoaning ustunlari ketdi. Bir mavsumda 30 talab assist qiladigan Jaloliddin Masharipov, qanotni "yondirib tashlagan" Doston Hamdamov, tayanch zonasidagi Odil Hamrobekov, "zaxiradagi joker" Eren Derdiyok va boshqalar. Klub bir necha yil davomida qurgan o‘yini parchalanib ketishiga qaramay, chempionatimizda hech qanday qarshilikka uchragani yo‘q. Vaholanki, "sherlar" boshiga og‘ir kunlar tushdi: rahbariyat o‘zgardi, legionerlarda ishtiyoq kamaydi, maoshlar ochiqlandi, ko‘tarma pullar va g‘alaba uchun beriladigan bonuslarni tagi ko‘rinib qoldi. Shunga qaramay, "Paxtakor" yurtimizda engilmas jamoa maqomini to‘liq saqlab qolmoqda.

Tecno

34щlp3щ4lp

Jamoa statistikasiga e’tibor qarating:

16 o‘yinda 2 durang va 14 g‘alaba! Bugungi "Paxtakor" chempionatimizning bor saviyasiga oyna tutib berdi. AGMK, "Nasaf", "Navbahor", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Qizilqum" birinchi davradagi to‘qnashuvlarda "sherlar"ga qarshi hech narsa ko‘rsata olmadi. "Turon" va "Sug‘diyona" ochko olgani rost, biroq bu o‘yinlarda shunchaki toshkentliklar vaziyatlarni ko‘kka sovurgani uchun o‘yin durang bilan yakunlangan.

Murakkab ahvolda qolishiga qaramay, "Paxtakor" hali mag‘lubiyat nima ekanligini bilmadi. Bu omil chempionatimiz saviyasini yaqqol ko‘rsatib bermayaptimi?! Birinchi davradan so‘ng xulosa qiladigan bo‘lsak, "sherlar" bemalol turnirni mag‘lubiyatsiz yakunlab qo‘yishi mumkin. Ularga kurash taklif etadigan jamoa bormi o‘zi? Yoshlarga suyanadigan "Nasaf"da ichki muhit rasvo. "Navbahor" har mavsum chempionlik uchun kurashish haqida so‘zlab, yakunda 8-pog‘onada qoladi. Sekeyra va "Lokomotiv" bir-birini tushuna olmayotganiga bir yil bo‘lib qoldi. "Bunyodkor" yoshlar uchun tramplin bo‘lishdan boshqasi vazifani o‘ziga olmagan. "Sug‘diyona" va "Qizilqum"da stabillik yo‘q! Bundan chiqdi, hozir toshkentliklarga 90 daqiqa teng kurash taklif qiladigan jamoa Superligamizda yo‘q! Bu so‘zlarim kimnidir g‘ashini keltirishi mumkin, biroq bu achchiq haqiqat. Keling, Osiyoning kuchli chempionatlaridagi vaziyatga ko‘z tashlaymiz. Siz birinchi pog‘onadagi jamoalarning eng yaqin ta’qibchisidan necha ochko ilgarilab ketganiga e’tibor qaratmang! Shunchaki, turnirda shu kunga qadar necha bor ochko yo‘qotganini sanang.

Eron chempionati

"Persepolis": 30 o‘yin, 21 g‘alaba, 4 durang, 5 mag‘lubiyat;

Iran

Janubiy Koreya chempionati

"Ulsan Xyunday": 27 o‘yin, 15 g‘alaba, 9 durang, 3 mag‘lubiyat. Ularni quvib kelayotgan jamoa bilan o‘rtadagi farq 7 ochko, ammo "Chonbuk"ning zaxirasida bitta o‘yin bor;

lщkshf

Yaponiya chempionati

"Kavasaki Frontale":27 o‘yin, 20 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, 6 durang. Quvib kelayotgan "Yokagama" bilan o‘rtadagi farq 4 ochkoni tashkil etadi;

Nfzщtshnf

Avstraliya chempionati

"Sidney": 26 o‘yin, 16 g‘alaba, 5 mag‘lubiyat, 5 durang. Quvib kelayotgan "Melburn" bilan o‘rtadagi farq 5 ochko.

AVstraliya

Bejizga bu chempionatlar jadvali bilan tanishtirganimiz yo‘q. Sezgan bo‘lsangiz, terma jamoamiz uchun engib bo‘lmas raqibga aylangan mamlakatlarning ichki birinchiligida sog‘lom raqobatga dosh beradigan klublar mavjud. Janubiy Koreya, Eron va Yaponiyada peshqadam deyarli har 3 o‘yinning birida ochko yo‘qotadi. Avstraliyada bu son 2,6 ga teng. Vaholanki, ushbu mamlakat klublari so‘nggi yillarda OFK chempionlar ligasida g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlar qatorida ko‘riladi. Osiyo grandi bo‘lishiga qaramay, ulardan ichki chempionatdagi boshqa klublar bir oyda kamida bir marotaba ochko tortib olishni uddalamoqda.

Demak, mamlakatda ularni erkin nafas olishiga imkon bermaydigan jamoalar bor. Bizda esa, hammasi aksincha. "Paxtakor" turnir startida "Turon" bilan ochko bo‘lishgan bo‘lsa, keyinroq "Sug‘diyona"ga qarshi murosa ko‘chasini tanladi. Qolgan barcha uchrashuvda ular raqibdan bir bosh baland ekanligini (hatto, durang bo‘lgan o‘yinlarda ham ular yaxshiroq ko‘rindi) isbotlab tashladi.

Keling, 30 soniyaga "Paxtakor"ga oliy o‘rinni berib chempionatimizdan chiqarib turamizda, jadvlaga nazar tashlaymiz.

uzbekistan

E’tibor qiling, qay darajada jamoalar zich joylashgan. Agar, "sherlar"ni inobatga olmasak, chempionatimizda intriga bo‘lar ekan, deb xursand bo‘lishga erta. Keling, endi "Paxtakor"ni ortga qaytaramiz. Yana o‘rtada 14 ochkolik farq paydo bo‘lgach, klublarimiz "sherlar"dan saviya borasida qay darajada ortda qolganini ko‘rasiz. O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: Xo‘sh, ichki birinchilikda deyarli qarshilikka uchramaydigan klub qanday qilib Osiyo chempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etsin? Mavsum davomida atigi 3-4 o‘yinda maksimum kuchini jangga tashlaydigan klubdagi yigitlarda o‘sish bo‘lishi mumkinmi?

Bunday holat yuzaga kelganida "Paxtakor"ning hech qanday aybi yo‘q. Shunchaki, bugungi o‘zbek futboli unga chempionatda tengma-teng olishadigan klubni taqdim eta olmayapti. Futbolimiz kuchaygan davr sifatida 2011 yilni qayd etishni xush ko‘radiganlar uchun qiziq fakt. O‘sha davrlarda bizning chempionatda teng kuchli ikki klub borligi yodingizdan ko‘tarilmadimi? "Bunyodkor" - "Paxtakor" qarama-qarshiligi esingizdami? O‘sha intriga sababli chempionat saviyasi o‘sgan. Bu ko‘p o‘tmay terma jamoa fonida ham ko‘ringani rost.

g4l3plg34plg3

Qisqacha qilib aytsak, futbolimiz rivoji uchun birinchi navbatda ichki birinchilikdagi grandlar sonini oshirishimiz shart. Mavsum boshidayoq birinchi o‘rinni "Paxtakor"ga taqdim etib qo‘yadigan klublar bor ekan, biz uchun Avstraliya darvozasiga gol kiritish armon bo‘lib qolaveradi.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
06/09/2021 13:02
Man sizdan hosilni talap qilaman. lekin danani boshidan suvni qisib quyaman. keyin uylap kuring qani. nima buladi. Nasaf ham shu gapda. bulmasa uzimizdan Neft chiqib uzimiz tappi yoqamiz. mana. nicha yilderku gaz yuq bizaga. Nasaf yoshlari shuncha uynap berapti ham. Nasaf nima qilsin uzini uyinni kuchaytersinmi. uziga qarshi uynaydigan raqiblarini ham uyinni kuchaytersa. chunki tan olish kerak. ohirgi 10 yillikni Uzbek fudboli kuzi Nasaf har japhaga. lekin shu Nasaf ham. hohlasak hohlamasak. hamma narsa uz quliga emasda. bitta Hokim bulsa Hokim buva ham Poytaht buy sunadi. kerak bulsa. Zayniev ham davriga ham chempionlik qiyin masala bulgan. OFK olgan yili shahsan uzim kubik fenaliga kurib. hali bizaga fudbol revojlanmaykan devdim. Pahtakor Nasaf uynayapti. Nasaf ochiqchasiga uynamovdi. qanday uynaydi. uynasa keyingi yil. yana daryoni boshidan suvni qisib quyishadi. Agar haqiqatdan Nasafka uyin yuq bulsa ha unga aytsa buladi kuchi etmaydi deb. lekin qarang nicha yilderki Nasaf maydonga 1 raqam bulib uynaydi shu yosh bachala. oddiy misol Pahtakorni qay ahvolga solib tashlaydi. tasafur qiling. sizni ugliz 22 yoshka. man 32 yoshkaman. va uyin vaqt ochiqchasiga oyogini basapman. sudiyadan borib VAR qarang desa sariq berapti. keyin yoshla nima qilsin. tillashsa kelajagiga zarar. shu yil ochiqchasiga. Sherzod Azamov Husniddin oyogini bosdi golli mamentka sudiya jim. bunoqa kichgena mamentla qancha buldi. shu Nasaf yoshlari shunoqa chempionatka uynap berapti ham. Qaddini ursin. Nasaf medal olmas lekin. muhlislari mehrini olgan klub.
&
Каримов Нозиржон
06/09/2021 11:37
Пахтакорга хамма уйинда хакамлар ен босади буни хамма билади четтан хакамлар олиб келиб куйинглар Пахтакор 8 уриндан агига утолмайди.Навбахор билан уйинни эсланглар йуг ердан феналти кани адолат Яна вар бормиш бу пахтачи хакамларди йукотилса хакикат булса кейин кучаяди чемпионат.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
06/09/2021 13:07
Pahtakorga Sudiya bosmasa. hech iloji topolmasa. daryoni boshidan suvni qisib quyyadi qaralsizku. klub uz uzidan. puqiga qorushib qolaveradi. buni hamma biladi. lekin jurnalistla. bilmaydi. chunki hamma nomdor jurnalistla. hammasi Poytahtka turadi.