
Superligaga chiqqan "Buxoro" Turkiyada Tojikiston termasi bilan o‘ynaydi
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan mavsum Pro-ligada 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan "Buxoro" jamoasi Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.
Antaliya shahrida o‘tadigan yig‘in doirasida klub Tojikiston U-20 terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv ertaga, 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Bundan oldin Tojikiston yoshlari Iroqqa qarshi bahs olib bordi va unda 0:0 hisobidagi nursiz durangga imzo chekdi.
Fikrlar