Superliga. "Surxon" "Dinamo" maydonidan g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi
Superliga 12-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Surxon" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, Bobir Akbarov 3-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Evgeniy Chumak 32-daqiqada muvozanatni tikladi. 77-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Abdulaziz Yusupov penaltidan unumli foydalanib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Baxtiyorjon Qosimov ham 11 metrli nuqtadan gol urib, hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Surxon" ochkolari sonini 12 taga etkazib oldi. "Dinamo" hisobidagi 6 ochko o‘zgarmay qoldi.



Fikrlar