Superliga. "So‘g‘diyona" so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga "Xorazm"ni mag‘lubiyatga uchratdi
Superliganing 28-turidan o‘rin olgan "Xorazm" - "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuv o‘z nihoyasiga etdi. Jizzax klubi safardan ishonchli hisobdagi g‘alaba bilan qaytdi (2:0).
Ikkinchi bo‘limning 49-daqiqasida "Xorazm" futbolchisi Abbosjon Otaxonov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 84-daqiqada Lyupcho Doriev o‘yindagi hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 90+3-daqiqada esa Jasur Jaloliddinov jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilib, o‘yinga nuqta qo‘ydi.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum
Xorazm
Tugadi
0
:
2
09.11.2025 17:15
So'g'diyona
- Ljupche Doriev 83'
- Jasurbek Jaloliddinov 90'



Fikrlar