Superliga. "Qizilqum" - "Surxon: O‘zaro o‘yinlarda ustunlik kim tomonda?
Bugun O‘zbekiston Superligasi 10-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Unda "Qizilqum" - "Surxon" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Jamoalar milliy chempionatlarda 16 marta to‘qnash kelgan. Navoiyliklar 4 marta zafar quchgan. 4 ta o‘yinda jamoalar durang o‘ynagan.
8 bellashuvda "Surxon"ning qo‘li baland kelgan. To‘plar nisbati: 14-19 ("Surxon" foydasiga).
Uchrashuv bugun 19:00 da Navoiydagi "Yoshlar" sport majmuasida start oladi.



Fikrlar